Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy O | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan:

tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;

tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;

tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:

“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy