Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat Sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni ikkinchi | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

#diqqat
Sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy