Get Mystery Box with random crypto!

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega boʻlgan | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Prezident “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boshqa fan oʻqituvchilaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi adolatdan boʻlishini taʼkidladi. Shu maqsadda milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi.

Oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkazilishi, gʻolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilandi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy