Get Mystery Box with random crypto!

#Murojaat Oʻquvchi, talaba yoshlar va ota-onalar nomidan mur | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

#Murojaat

Oʻquvchi, talaba yoshlar va ota-onalar nomidan murojaat


Bu yil qish fasli biz kutgandan ko'ra sovuq keldi. Shuning uchun sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchimiz. Bilamiz, koʻpchilikni shaxsiy mashinasi bor va mashinasi borlardan oʻquvchi va talabalar nomidan shuni iltimos qilmoqchimiz.

Hech boʻlmaganda ertalab va kechqurun maktabga, ishga, universitetga ketayotgan va qaytayotgan o'quvchi, talaba yoshlarni yoʻl-yoʻlakay olib ketsangiz. Hozirgi kunda ertalabki sovuq bilan kechki qorongʻudagi sovuqni bilasiz qandayligini. Mashinaga chiqib tushishlari, toʻxtab turishingizni hisoblasa hammasi boʻlib 10 daqiqa vaqtingiz ketishi mumkin. Lekin oʻsha 10 daqiqa oʻquvchi, talaba yoshlarning hayotida eng unutilmas lahza boʻlib qolishi mumkin. Bolalar sovuqda uyiga borsa, balki uyi ham issiq boʻlmasligi mumkin. Hech boʻlmaganda sizning issiq mashinangizda ozgina koʻngli yorishar deb o'ylaymiz. Shu bilan siz ham oʻzingizga ham oʻsha bolalarga yaxshilik qilgan boʻlasiz! Oʻylaymizki, siz qishning sovuq kunida olib ketgan oʻquvchi yoki talabalar bir kun kelib yurtimiz uchun siz va biz uchun kerakli mutaxassislar boʻlib yetishib chiqadi.

Biz sizlarga ishonamiz, albatta shunday qilasizlar!

Ushbu murojaatni imkon qadar yaqinlaringizga va guruhlarga yuboring. Zero, yaxshilik qilguvchi yurtdoshlarimiz koʻpaysin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/addlist/oYNzvoI5Xxo2MjUy