Get Mystery Box with random crypto!

Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilim yurtlarida sirtqi ta’lim | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilim yurtlarida sirtqi ta’lim shakli ochiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, IIV akademiyasida kunduzgi bo‘limga 700 nafar, sirtqi bo‘limga 300 nafar talaba qabul qilinadi. Ular hozirgidek 1-kurs oxirida emas, o‘qishga kirishlari bilanoq mutaxassisliklarga taqsimlanadi. Keyingi yil Nukusda akademiya filiali ochiladi.

Endi IIV akademiyasi magistraturasini tugatmaganlar rahbarlik lavozimiga (masalan, tuman IIB boshlig‘i) tayinlana olmaydi. Polkovnik unvonini olish uchun ham akademiya magistraturasini tugatish kerak. Katta serjant, kapitan, mayor va podpolkovnik unvonlarini olish uchun esa IIV Malaka oshirish institutida kurslardan o‘tish kerak.

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilmoqda. Kunduzgi 300 nafar, sirtqi 100 nafar xodim qabul qilinadi.

@Talabalar_kanali_live
Bizga qo'shiling
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy