Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytir | Talabalar kanali | Rasmiy kanal ✔️

Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi

2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20-iyul kuniga qadar davom etadi.

Hozirda Qoraqalpogʻiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Ammo xavotirga oʻrin yoʻq.

Bu jarayon hukumat tomonidan to‘liq nazoratga olingan boʻlib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi. Bu haqidagi maʼlumot qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.
@talabalar_kanali_19