Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin Faqat, | Talabalar kanali

Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.

Yanvarda e'lon qilingan tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.

Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy