Get Mystery Box with random crypto!

Talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz — professor | Talabalar kanali

Talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz — professor

Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat qildi:

Modul-kredit tizimiga o‘tmas ekanmiz, oliy ta’limda yangilanish ham, o‘qituvchida mas’uliyat ham bo‘lmaydi. Bu tizimga to‘laqonli o‘tishimizga mustaqil ta’limning moliyalashtirilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ammo muammoning optimal yechimi bor:

1) ma’ruza mashg‘ulotlarini 50 daqiqaga tushirish;
2) seminar va amaliy mashg‘ulotlarni bekor qilish;
3) tejalgan vaqt resursini mustaqil ta’limga berish;
4) ustama ish haqlarini mustaqil ta’limga yo‘naltirish;
5) o‘qituvchining har bir ish kuni uchun (taxminan) 10 talabadan onlayn va 10 talabadan oflayn mustaqil ta’limni qabul qilish grafigini ishlab chiqish;

Eslatma:
talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz;
seminar va amaliy mashg‘ulotlar ma’nan eskirdi;
amalda talaba bilan yakka tartibda ishlash tizimi yo‘q.

Siz qanday fikrdasiz?

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy