Get Mystery Box with random crypto!

Bolangiz sessiya yopyapti... Holiga tushuning, otalar, Oyog'i | TALABALAR INFO™ | RASMIY

Bolangiz sessiya yopyapti...

Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti.

O'qishga chog'lansa tong sahar,
Yaxshi bor, derdingiz har mahal,
Quruq gap kerakmas bu safar,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Kuyunmang, kirtayib, ozisa,
Olifta sochlari to'zisa,
Bularni qilmaydi o'zicha,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Bor bo'lar yaxshilik bor joyda,
Gadoyni siylaydi bu oyda,
(Bor bo'lsa, duodan bor foyda!)
Bolangiz sessiya yopyapti.

Nimalar kelmaydi o'yiga,
Tushsangiz bilasiz ko'yiga,
Besh-o'n kun bormaydi uyiga,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Qizg'onmang, uch tanga, to'rt tanga,
Darslarda bormasin man-sanga,
Yiqilib kelsa ham so'kmang, a?!
Bolangiz sessiya yopyapti.

Tun-u kun qilingiz ibodat,
Mobodo ko'rmasdan talofat,
Sog' chiqsa, boradi salomat,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti
.

Biz bilan birga bo'ling
@Talabalar_Info