Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Barcha abituriyentlar diqqatiga! Ma’lumki, ert | Talabalar hayoti

#Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, ertadan 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari 8-avgustdan 20-avgustga qadar ikki smenada:

-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda

-smenada 06:30 ga qadar;
-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Bizning kanal:
@Dtm_xabarlari_online
https://t.me/+UcND5leIQwoClyAf