Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tav | Davlat Test Markazi | Hujjat topshirish
Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi
Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda oʻqishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻqishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
— tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!. • Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!. • admin: @menejerUz13. Reklama agentligi:👉 @rek_info...