Get Mystery Box with random crypto!

Qaysi hududda o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori? 2021 yilda | Davlat Test Markazi | Hujjat topshirish

Qaysi hududda o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori?

2021 yilda talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha kanalimizda maʼlumot bergan edik. Lekin aytganimizdek, bu umumiy abituriyentlarning soni ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Yaʼni aholisi ko‘p hududdan ko‘proq talaba chiqqan, bu tabiiy hol.

Foizga nisbatan olsak, reyting umuman boshqacha chiqadi. Bunday reytingda Buxoro viloyati yaqqol ustunlik qilmoqda. Mazkur viloyat abituriyentlarining 26,8%i talaba bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (24,6%) hamda Farg‘ona (23,4%) viloyatlari egallagan.

O‘qishga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo (17,8%), Sirdaryo (17,3%) hamda Toshkent viloyati (15,9%) egallagan.

Talaba bo‘lgan abituriyentlar foizi bo‘yicha hududlar reytingi quyidagicha:

Buxoro – 26,8%;
Navoiy – 24,6%;
Farg‘ona – 23,4%;
Qoraqalpog‘iston – 22,4%;
Namangan – 21,6%;
Toshkent shahri – 21,6%;
Xorazm – 21%;
Samarqand – 19,2%;
Jizzax – 18,9%;
Andijon – 18,3%;
Surxondaryo – 17,9%;
Qashqadaryo – 17,8%;
Sirdaryo – 17,3%;
Toshkent viloyati – 15,9%.

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Bizning manzil
https://t.me/+Q9aDA7LLxDBmNWJi

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )