Get Mystery Box with random crypto!

​​#motivatsiya ​​Abituriyentlarga atalgan, motivatsiya baxsh | Davlat Test Markazi | Hujjat topshirish

​​#motivatsiya

​​Abituriyentlarga atalgan, motivatsiya baxsh etuvchi maxsus she'r!

Hech qachon ortga qaramasdan, yiqilsangiz ham tirishib tirmashib oldinga yana bir qadam tashlang! Hayotning mazmuni shunday iborat.

MENI KUT, OLTIN DAVRIM!

Manzil uzoq. Yo‘llar toshloq.
Lekin, nurli kelajak.
Abituriyentning orzusi...
Osmonlardan o‘tajak.

Keling, do‘stlar sizga bugun
Bir hikoya aytayin.
Hayolimdan ketmaydigan
Bir davrga qaytayin.

Yoshlik zavqin chetga surib
Maqsadlarni katta qo‘yib,
Kechalari kitob o‘qib,
Chiqar bedor abituriyent.

Ko‘zlar o‘qib tolib ketar,
Bazan och ham qolib ketar,
Ko‘chalarda qolib ketar,
Puli qolmay abituriyent.

Oldiga bir maqsad qo‘yib,
Testlarini kutar kuyib,
Goho, o‘z o‘zidan to‘yib.
Yashar sho‘rlik abituriyent.

Buyuk inson bo‘lmoq uchun,
Xalqqa xizmat qilmoq uchun,
Bir kelajak qurmoq uchun,
Izlanadi abituriyent.

Eng birinchi orzusi ham.
Oilasin ishonchidir.
Talabalik orzusi bu -
Abituriyent quvonchidir.

Ey Abituriyent do‘stim,
Bu she'rni senga yozdim.
Yuragingda qolsin deb,
Men anchagina ozdim.

Senga mening so‘nggi so‘zim
Sen avvalo angla o‘zni.
Oldingga bir shior qo‘ygin.
Qolganiga yumgin ko‘zni.

Maqsadingga erishasan.
Olloh berar o‘zi madad.
O‘z yo‘lingni va baxtingni
O‘z qo‘llaring bilan yarat.

Dangasalik qilma do‘stim.
Marrani sen katta olgin.
Hayolingni buzma sira.
Sen ezgulik sari borgin.

Bu hayotda o‘rningni top.
Garchi bekor ketmasin vaqt.
Umring, vaqting, bilimingni
Behudaga etmagin sarf.

Buyuk bo‘lmoq oson emas.
Buyuklarning soni yo‘qdir.
Buyuklikka yetay desang..
Do‘stim, tezroooooq kitob o'qi!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Bizning manzil
https://t.me/+Q9aDA7LLxDBmNWJi

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )