Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.
Hukumat qarori (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga koʻra endilikda,
fuqaro
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi
Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;
fuqarodan boshqa hech qanday
hujjat talab etilmaydi;
fuqaro tahsil olgan
taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi;
Diplom dublikati
15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.
Talabalar assotsiatsiyasi
Telegram|Instagram|Fecebook|