Toshkentda universitet o‘qituvchisi oraliq imtihonga baho qo‘yish uchun pora olganda ushlandi
Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik ishi kafedrasi
katta o‘qituvchisi shu fakultetning 2-bosqich talabalaridan
(20 nafar) oraliq nazorat imtihonlariga baho qo‘yib berish uchun pul yig‘ib berishlarini talab qilgan.
Aks holda, ularga qoniqarsiz baho qo‘yilishi va oraliq imtihonlardan o‘tkazilmasligini aytib qo‘rqitgan. Talabalardan
3 bahoga 100 ming, 4 va 5 baholarga 150 ming so‘m pul talab qilingan va
jami 2 million 300 ming so‘m pulni olayotganda qo‘lga olingan.
Ma’lum bo’lishicha,
u avval ham Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan belgilangan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan.
P/s Sizda ham shunday holat kuzatilganmi?
Manba:
@YQQUZB_KANAL Talabalar assotsiatsiyasi
Telegram|Instagram|Fecebook|