Get Mystery Box with random crypto!

2024-yilgi imtihonlarda nazoratchi bo'lish uchun tanlov boshla | Talabalar | Rasmiy kanali

2024-yilgi imtihonlarda nazoratchi bo'lish uchun tanlov boshlandi

Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi