Get Mystery Box with random crypto!

​​ Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 bo‘ladi Joriy | Talabalar | Rasmiy kanali

​​ Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 bo‘ladi

Joriy yilda xuddi o‘tgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 bo‘ladi.

Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

XULOSA: joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga ulashing!

@Talabalar
| Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi