Get Mystery Box with random crypto!

GulDU Yoshlari

Telegram kanalining logotibi talaba_yoshlari — GulDU Yoshlari G
Telegram kanalining logotibi talaba_yoshlari — GulDU Yoshlari
Kanal manzili: @talaba_yoshlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.20K
Kanalning ta’rifi

Instagramda ham bizni kuzatib boring 💠
http://instagram.com/Guldu_yoshlari
Reklama va murojatlar uchun
t.me/Suhrob_Sandiboyev

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-28 02:57:18 Якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди

Бу ҳақда ДТМ маълум қилди.

Танлов натижаларини 6 хил усулда билиш мумкин.

my.dtm.uz сайти орқали:

my.dtm.uz сайтига абитуриентнинг паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда.

mandat.dtm.uz сайти орқали:

mandat.dtm.uz сайтининг “Bakalavr-2022” бўлимига абитуриентнинг ID рақамини киритган ҳолда.

SMS хабарнома хизмати орқали:

5100 рақамига абитуриентнинг ID рақами юборилганда, мазкур телефон рақамига танлов натижалари бўйича SMS хабарнома юборилади (хизмат ҳақи мавжуд).

Давлат тест марказининг қуйидаги телеграм ботлари орқали (абитуриентнинг ID рақамини юборган ҳолда):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-код орқали:

Абитуриент рухсатномасининг қуйи қисмидаги QR-код (натижани кўриш учун ҳавола) ни сканер қилган ҳолда.

Тест натижалари қайдномаси орқали:

Шунингдек, тест натижалари қайдномаси олий таълим муассасаларига тақдим этилади, бориб кўриш мумкин.

Барчага омад тилаймиз!


https://t.me/Talaba_Yoshlari
977 views23:57
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:43:41
Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 20-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak. Bugun, 27-avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni, demak.

Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish hisoblanadi. O‘tgan yillardagi amaliyotdan ma’lumki, bu qonunbuzilish (mandatning kechikishi) uchun hech kim jazolanmagan.

Do’stlaringizga ulashing
https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.1K views16:43
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:30:56 Hurmatli talabalar! Maktab yoki oʻquv markazdan sohaningiz boʻyicha ish soʻraganingizda “Talabalarni ishga olmaymiz” deyishadi. Yoki qaysidir ish e’lonida “Talabalar bezovta qilmang” kabi yozuvlarga duch kelgansiz.

Shunda oʻylanib qoladi, kishi. Mening aybim nima edi? Talabalik aybmi? Yoʻq, aslida siz aybdor emassiz. Hammasiga sizdan oldingi talabalar avlodi aybdor.

Ularning ishga masʼuliyatsiz yondashuvi natijasida ish beruvchilar tasavvurida talabalar yomon otliq boʻlib shakllangan.

Prezident tashabbusi bilan barcha talabalar ish bilan taʼminlashi ilgari surilganda ham koʻplab ish beruvchilar oʻz ishlariga taklif qilishdi. Ammo hammani ham ish bilan taʼminlash imkonsiz.

Talabalar hayotida moliyaviy muammolarning koʻpligi koʻplab talabalarni kelajakka boʻlgan umidini so‘ndirmoqda, ilm olishga boʻlgan motivatsiyasini oʻldirishi hech gap emas.

Nima qilish kerak? Albatta, qorin och qolgan vaqti dars qilish odamni xayoliga ham kelmaydi. Shuning natijasida talabalar oʻzlarini qora mehnatga urishadi. Pulga qiziqib, darsni bir chetga surib qoʻyishadi va natijada toʻrt yil oʻtib, oʻqishni bitirgandan keyin bu talabadan koʻplab holatlarda yaxshi kadr yetishib chiqmaydi.

Ha demay oʻqish ham boshlanadi. Hammaga oʻqish va ishlarida omad tilab qolamiz!

https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.3K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:02:39
Qutlov!

Guliston davlat universiteti yosh tadqiqotchisi, Tarix kafedrasi tayanch doktoranti Bahodir Mahmudboyev hammuallifligida umumiy o'rta ta'lim maktablari 7-sinf o'quvchilari uchun Jahon tarixi fanidan darslik nashrdan chiqdi.

Do’stlaringizga ulashing
https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.3K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:38:52 Albatta, o'qing!!!

Talabaman! 2-3yil o'qib izlanib talaba bo'lish nasib etdi. Vodiyda o'qish qiyin ekan!!!
O'qishga kirsam mazza, oq ko'ylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani ozimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi))) shunday o'ylardim.
- To‘g‘ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
- Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista bodom bervorishibdi. Faqat shuginamas uydaligimda! Oyiii pishtimi noniiiz qorin ochib kettikuuu! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan isssiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi. Pulni bir o'rtog'im olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.
Dadam bo‘lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasilar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.
- Raxmat onajon yetib keldi. Onam hudoga shukur yaxshi o'qinglar bolam dedi. Raxmat onaaa deyolmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmasdi boshqa ovolgin deyishdi.
- Ehh onaa deb to‘xtab qoldim . Sizgakuu tufligimni rangi yoqmabti boshqa ool deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz onaa .
Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabmanu, o'z jannatimni unutayozibmanku men nodon. Otam bolsa qizlar qale deb xazil qilishdi . Kulgim kelib bo'g'zimdagi yig'i tarqab ketti. Yana o‘g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bo‘g'zimni bug'di. Esimda dadam issiq kurtga olsam bo‘larkan deb yurgandi. Dada kurtga oldizmi dedim. Yoq o‘g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragandi shunga bergandim pulimni. Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deyolmay qoldim hech narsa.
Dada ozim tel qilaman chaqirib qolishti deb zo'rg'a telefonni qo‘ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o‘z farzandini o‘zidan ko'p yaxshi ko'radi. Biz bo‘lsak hali vaqt boor deymiz. Tog'ri vaqt boor!!! Eendigina 21 ga kirdim. Xato o‘ylaymiz. 21ga kirgunimcha 21 yilga qarishtiku otam, onam. Tun-u kun telefon chuqulab qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko‘raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o‘tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.
Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang .Raxmat Hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog'-omon bo'lishsin. O'qishilarga OMAD.Ota onalarimizni qadriga yetaylik baxtimizga sog‘ bo'lishsin!!!

Imkon topsangiz yaqinlaringizga ham ulashing!
https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.7K views08:38
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:05:33 #tezkor #Natija
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi.

Kecha 24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar natijalari eʼlon qilindi.

Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot

Do’stlaringizga ulashing
https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.3K views17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-25 05:40:28 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

P/S. Koʻpchilikka kerak boʻlishi aniq

Do’stlaringizga ulashing
https://t.me/Talaba_Yoshlari
1.7K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:45:28
#ОТМ_битирувчилари_диққатига

Айни вақтда 513 та вакант лавозимга иш стажи талаб қилинмайди!

Жорий йил 7 июль ҳолатига кўра, vacancy.argos.uz порталида давлат органларидаги 2 110 та вакант лавозим учун очиқ танлов давом этмоқда.

Вакант лавозимларнинг 191 таси республика, 835 таси ҳудудий (вилоят), 1 079 таси туман даражасидаги бўш иш ўринлари ҳисобланади.

Порталда мавжуд вакант лавозимларнинг 513 тасига ҳужжат топшириш учун иш стажи талаб этилмайди.

Олий таълим муассасалари битирувчилари ёхуд иш стажига эга бўлмаган фуқаролар давлат органларининг стаж талаб қилинмайдиган лавозимларини эгаллаш учун очиқ танловларда иштирок этишлари мумкин!

vacancy.argos.uz халқчил давлат хизматига очиқ йўл!

Таклиф ва саволларингизни @vacancy_argos_bot орқали йўлланг!

https://t.me/Talaba_Yoshlari
698 views06:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:23:56 GulDU Yoshlari pinned a photo
18:23
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:23:52
QABUL 2022: Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Axborot maslahat “Call center” markazi o‘z faoliyatini boshladi

O’zbekiston Respublikasida 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga etkazib borish maqsadida Guliston davlat universitetida Axborot maslahat markazi “Call center” tashkil etildi.

Fuqarolar 67-225-02-75, 67-225-09-46, 67-225-45-72, 67-225-39-57 telefon raqamlari orqali Axborot maslahat markazi “Call center” bilan bog’lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

https://t.me/Talaba_Yoshlari
909 views18:23
Ochish/sharhlash