Get Mystery Box with random crypto!

Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning BAYRAM T | GulDU Yoshlari

Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum hurmatli aziz talabalar, professor-o‘qituvchilar, hamkasblar!
        Barchangizni Eng ulug‘, eng aziz bayram-Mustaqillik bayramimizning 31 yilligi bilan muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar!
Sir emaski, o‘tgan davr ichida muhtaram yurtboshimiz bosh islohotchiligida davlatchilikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarmoqlarni rivojlantirish uchul salmoqli ishlar qilindi. Ayniqsa, so‘ngi 5 yil ichida Yangi O‘zbekiston tarixida misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar ta’lim jarayonida, jumladan oliy ta’limda ham salmoqli ulushga ega bo‘lmoqda. Yurtimizda Oliy ta’lim muassasalari soni keskin ko‘payib, aziz farzandlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari soni sezilarli ko‘paydi.
Bu yil Eng ulug‘-eng aziz bayramimiz Mustaqillik bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida kutib olinishi ham bejiz emas. Barchangizga sir emaski, o‘tgan yili xalqimiz katta siyosiy tadbir-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etdi. Mazkur siyosiy jarayonlarga muhatram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev “Inson qadri uchun”  shiori ostida o‘z dasturlari bilan ishtirok etdilar. Ushbu shiorning nomlanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi yurtimizdagi har bir insonning qadrini birinichi o’ringa qo‘yilishidan darak bermoqda.
Yana bir bora barchalaringizga Istiqlolimizning 31 yillik to‘yi muborak bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!!!