Get Mystery Box with random crypto!

TEZKOR! MUHIM!!! Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini sodd | Talaba_VUZ

TEZKOR! MUHIM!!!

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

Ukrainadan qaytib, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

eduuz

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi