Get Mystery Box with random crypto!

DXX akademiyasiga kirmoqchi bo'lganlar uchun saralash test sin | TALABA UZ | Oliy ta'lim

DXX akademiyasiga kirmoqchi bo'lganlar uchun saralash test sinovlari boshlanmoqda!

DTM xabar berishicha, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilib:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test qaysi fanlardan bo'ladi?

Javob: Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Test yechishga qancha vaqt beriladi?

Javob: Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi. Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@milliy_universitut