Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar uchun #imkoniyat №6: safarbarlik chaqiruvi rezervi xiz | TALABA UZ | Oliy ta'lim

Yoshlar uchun #imkoniyat №6: safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

2022-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 12 349 nafar yosh foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (2 094 nafar), Toshkent viloyatiga (1 299 nafar) va Surxondaryo viloyatlariga (1 298 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

P.S. O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi?

@otmuzbekistan