E’LON
2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida
O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tadi.
Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.
Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi
4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.
Olimpiada
ikki turda o‘tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:
ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;
suhbat - 50 ball.
Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilari
xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish
15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
@eduuz