O‘zMU 1150 nafar talabasini moddiy rag‘batlantirmoqda!
O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining buyrug‘i bilan universitetda tahsil olayotgan
chin yetim, boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda
“Ijtimoiy himoya yagona reysteri”ga kiritilgan oila farzandlari bo‘lgan hamda
universitet jamoat ishlarida faol bo‘lgan jami
1150 nafar talaba (davlat granti asosida o‘qiydiganlar bazaviy stipendiyaga nisbatan
ikki barobar, to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydiganlar esa
bir barobar miqdorida) bir martalik moddiy rag‘batlantirilayotgan ekan.
Malades, O‘zMU!
Kuzatib boring:
@otmuzbekistan