Get Mystery Box with random crypto!

#E’lon Navbatdagi sayyor qabul O‘zMUda o‘tkaziladi Ma’lumki, | TALABA UZ | Oliy ta'lim

#E’lon

Navbatdagi sayyor qabul O‘zMUda o‘tkaziladi

Ma’lumki, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, ta’lim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari, vazirlik, idora hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

Mazkur turdagi navbatdagi fuqarolar qabuli 27-sentabr kuni soat 10:00dan O‘zbekiston Milliy universiteti hududida boshlanadi.

Unda Vazirlar Mahkamasi hamda ta’lim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillari, shu jumladan Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube