Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha oʻqitishga hujj | TALABA UZ | Oliy ta'lim

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha oʻqitishga hujjatlar qabuli boshlandi

Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan ariza qabul qilish boshlandi.

Talabgorlar oʻz arizasini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazadi.

Bunda nomzodlar oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi, diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega boʻlgan shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar ikkinchitalim.edu.uz onlayn platformasi orqali 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan