Get Mystery Box with random crypto!

FARZAND KO'RGAN TALABANING SUYUNCHI OLISH TARTIBI QANDAY? Q | Talimda Reklama

FARZAND KO'RGAN TALABANING SUYUNCHI OLISH TARTIBI QANDAY?

Qonunchilikka ko‘ra, Siz farzandingiz tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy ichida suyunchi puli tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaat etishingiz mumkin.

DXM tomonidan so‘rovnoma budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

Pensiya jamg‘armasi o‘z navbatida suyunchi pulini tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Suyunchi puli tayinlangan taqdirda, pulni qachon va qayerdan olish to‘g‘risida maʼlumot, suyunchi pulini tayinlash rad etilganda, rad etish sabablari ko‘rsatilgan maʼlumot tegishli DXMga yoki YAIDXPga elektron tarzda yuboriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Suyunchi pulining miqdori 540 000 so‘m.

Do'stlaringizga ulashing
@Talaba_life | Rasmiy kanali