Get Mystery Box with random crypto!

Aytishlaricha, “talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga q | Talimda Reklama

Aytishlaricha, “talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi” deganda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga beriladigan stipendiya nazarda tutilgan ekan.

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi ham buni boshida tushunmay xabar tarqatgan, keyin bu yerda boshqa narsa nazarda tutilganini sezib qolib, xabarni sekin oʻchirib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari esa vazirlikka havola koʻrsatib, xabar tarqatgan.

Vazirlikka tekin tavsiya: avval anigʻini bilib, keyin ma’lumot tarqatish kerak. Yolgʻon xabar ketib qoldimi, uni oʻchirib yuborilgan taqdirda ham bunga izoh berilishi kerak. Ayniqsa, OAV vazirlikka ishonib axborot tarqatganda bu muhim narsa.

Talabalarga tekin tavsiya: “Har oyning 5-sanasigacha” degan narsaga ishonmang, bu hammaga taalluqli narsamasakan! Kutinglar, har doimgidek an’anaga sodiq qolgan holda stipendiya berish eslariga tushganda, albatta, stipendiyangizni berishadi.

Do'stlaringizga ulashing
@talaba_life | Rasmiy kanali