Get Mystery Box with random crypto!

𝙏𝘼𝙇𝘼𝘽𝘼 𝘽𝙊𝙊𝙈

Telegram kanalining logotibi talaba_boom — 𝙏𝘼𝙇𝘼𝘽𝘼 𝘽𝙊𝙊𝙈 𝙏
Telegram kanalining logotibi talaba_boom — 𝙏𝘼𝙇𝘼𝘽𝘼 𝘽𝙊𝙊𝙈
Kanal manzili: @talaba_boom
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.80K
Kanalning ta’rifi

🎓Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Talabalarga oid kulguli mavzular!
• Biz bilan studentlikning haqiqiy onlarini his qiling!
📈 Reklama xizmati: @reklama_xizmatimiz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-08-30 14:15:51
Sizlar uchun maxsus motivatsiya
429 viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:15:38 Qanchalik ko'p ikkilansang shunchalik ko'p to'lesan
416 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-29 22:56:16 Umid so‘nmasin...

Jimjit xonada to‘rtta sham sekin-sekin gaplashishardi.

– Men murosaman, – so‘z boshladi birinchi sham. – Hammaga kerakman, biroq hech kim mening yonib turishim uchun harakat qilmayapti...Shunday deya olovi tezlik bilan kamaydi, bir ozdan keyin butunlay so‘ndi.

– Men ishonchman, – dedi ikkinchisi. – Ammo kundan-kun keraksiz bo‘lib borayotgandekman. Shunday bo‘lgach, yonib turishimga zarurat yo‘q. Esgan yengil shaboda ikkinchi shamni ham o‘chirdi.

So‘nish oldidan uchinchi shamning so‘zlari quyidagicha bo‘ldi:

– Men sevgiman. Yonib turishga kuchim qolmadi. Odamlar meni chetga otishdi, ahamiyatimni anglab yetishmadi. Hatto eng yaqinlarini ham sevishni unutishdi.

Shu payt xonaga bir bola kirib keldi. Uch shamning o‘chib qolganini ko‘rdi va: «Nega so‘nib qoldingiz, siz doim yonib turishingiz kerak!» deya yig‘lay boshladi. Unga javoban to‘rtinchi shamning yoqimli ovozi eshitildi:

– Qo‘rqma, ko‘zyoshlaringni art. O‘chmagan ekanman, demak, bosh­qa shamlarni yana yoqa olamiz. Men - umidman!


Tavsiya etaman admin

Milton Books
560 viewsedited  19:56
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:35:46 Viloyatdan kelgan uchun ajoyib ish. Yotoqxonalar bor Afif shirinliklar qandolat korxonasiga erkaklar kerak. -yotoqxona bor -ertalabki choy, 2mahal issiq ovqat -bonuslar imkoniyat -ahil jamoa #toshkent shahrida Zangiota tumani, nazarbek. Kichkina ittifoq…
585 views12:35
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:16:10 Viloyatdan kelgan uchun ajoyib ish. Yotoqxonalar bor

Afif shirinliklar qandolat korxonasiga erkaklar kerak.

-yotoqxona bor
-ertalabki choy, 2mahal issiq ovqat
-bonuslar imkoniyat
-ahil jamoa
#toshkent shahrida

Zangiota tumani, nazarbek. Kichkina ittifoq mahalla

Hoziroq qo’ng’iroq qiling joylarimiz soni tolib qoladi:

+998951702225


Oylik maoshi
3mlndan 6mlngacha
579 viewsedited  12:16
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:18:37
ha, bu hozirgi avlod...
Lekin haqiqat...
374 views05:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:42:36
Imtixonni javobi nima chiqar ekan...
470 viewsedited  03:42
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:55:21 Rasman: Dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

@talaba_boom
542 views01:55
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:52:27 Prezident farmoniga binoan ayrim toifadagi o'qituvchilarga har oy qo'shimcha ustamalar to'lash belgilandi

2022 yil 1 sentabrdan boshlab Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida:

umumta'lim fanlari bo'yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik qo'shimcha ustama quyidagi tartibda to'lanadi:

xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim;

mazkur bandning to'rtinchi xatboshisida ko'rsatilgan talablarga muvofiq bo'lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo'yicha sertifikatlar bundan mustasno);

mazkur bandning to'rtinchi xatboshisida ko'rsatilgan talablarga muvofiq bo'lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo'yicha olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik qo'shimcha ustama:

2025 yil 1 yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

2025 yil 1 yanvardan boshlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to'lanadi;

har oylik qo'shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko'p bo'lmagan vaqt mobaynida to'lanadi;

umumta'lim fanlari bo'yicha bir nechta sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik qo'shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo'yicha to'lanadi..
519 viewsedited  01:52
Ochish/sharhlash
2022-08-27 03:58:55 4Агар сизга ҳеч нарсани уддалай олмайсан деб айтишса, уларга қуйидаги фактларни айтинг:

. Уолт Дисней янги ғоялар ўйлаб топа олмагани учун газетадан ишдан ҳайдалган.
. Бетховеннинг бошланғич ўқитувчиси, уни бутунлай қобилиятсиз деб ҳисоблаган.
. Эдисоннинг устози уни ақлсиз ва ҳеч нарсани ўргана олмайди деган экан.
. Энштейн 4 ёшгача гапирмаган. Ўқитувчиси уни ақлий салоҳияти ортда қолган деб таъкидлаган.
. Буюк ҳайкалтарош Роденнинг отаси: - Менинг ўғлим аҳмоқ. У 3 сафар ҳам санъат мактабига ўқишга кира олмади, - деган экан.
. Менделеев химиядан 3 баҳога ўқиган.
. Радиони ўйлаб топган Марко, дўстларига овозни масофадан туриб ҳавода етказиб бераман деганда, ҳамма уни ақлдан озган деб, психиатрга бориши кераклигини айтишган. Лекин бир неча ойдан сўнг, унинг радиоси кўпчилик денгизчиларни ҳаётини сақлаб қолган.
805 views00:58
Ochish/sharhlash