Get Mystery Box with random crypto!

Aylanma varaqa (“обходной лист”)ni toʻldirish amaliyoti raqaml | Talaba yoshlar(rasmiy)

Aylanma varaqa (“обходной лист”)ni toʻldirish amaliyoti raqamlashtirildi

Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyoti bekor qilinib, “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

talaba oʻz profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun soʻrov joʻnatish imkoniyatiga ega boʻladi;

oliy taʼlim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar boʻlimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona masʼullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;

talaba oʻz profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Manba: @Eduuz


https://t.me/Talaba_Tv_uz