Get Mystery Box with random crypto!

Men hech qachon irodali boʻlgan emasman Bunday deyishimni sab | Take me to home

Men hech qachon irodali boʻlgan emasman

Bunday deyishimni sababi men doimo kuchsiz boʻlishni afzal bilganman.
Kichikligimdan...
Qiynalsam yig'laganman, yordam soʻraganman, atrofidagilardan yordam kutganman.

Kun kelar ekanki undan battar kunlar boshingizga tushar ekan, u paytda yoningizda hech kim bo'lmas ekan.

Goʻyoki kimsasiz choʻlda qolib ketgandek, yoki Yusuf alayhissalom kabi quduqqa tashlangandek.

Kimsa bo'lmas ekan, boʻlsa ham dardni faqat bergan Zot tushunar ekan.

Hozir avvalgidan koʻra ancha irodali boʻlsam ham, kuchli boʻlsam ham kuchsiz boʻlishni xohlayman. Avvalgidek yordam soʻray oladigan, yigʻlay oladigan qizaloq boʻlishni juda istayman.