Get Mystery Box with random crypto!

HURRIYAT VA QULLIK TЕNG BO‘LURMI?! ASLO TЕNG BO‘LA OLMAS! “Al | Шайх Алижон кори тартил

HURRIYAT VA QULLIK TЕNG BO‘LURMI?! ASLO TЕNG BO‘LA OLMAS!

“Alloh shunday bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydigan QARAM QUL bilan BIZ O‘Z TARAFIMIZDAN yaxshigina rizq berib, o‘sha rizqdan yashirin va oshkora ehson qilayotgan (HUR) KISHI barobar bo‘ladimi?! Hamd Allohga (xos)dir. Lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar. Alloh yana ikki kishi haqida misol keltirur: ulardan biri HЕCH NARSAGA KUCHI YETMAYDIGAN SOQOVDIR. U egasiga (ortiqcha) yuk bo‘lib (xojasi) uni qayerga yuborsa, biror yaxshilik (foyda) keltirmaydi. O‘sha kimsa bilan O‘ZI TO‘G‘RI YO‘LDA BO‘LGANI HOLDA, (O‘ZGALARNI HAM) ADOLATGA BUYURADIGAN KISHI barobar bo‘lurmi?!”
(“Nahl” surasi, 75-76-oyatlar).

Ushbu oyatlarda qullik va hurriyat go‘zal tarzda taqqoslangan va hurriyatning afzalligi juda ta’sirchan hamda tushunarli misollar yordamida bayon qilingan.

Qullik – hech nasaga kuchi yetmayslik, qaramlik.
Hurriyat esa – Alloh tarafidan bo‘lgan yaxshi rizq va bu rizqni mustaqil tarzda tasarruf qilish.
Qullik – zaiflik, soqovlik (o‘z fikrini erkin bayon qila olmaslik), o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘za olmaslik, mustaqil ish ko‘ra olmaslik.
Hurriyat esa – to‘g‘ri yo‘lda mustaqil yura olish, o‘zgalarga adolat ulashish.

Bu ikki tushuncha teng bo‘lurmi?! Aslo barobar bo‘la olmas! Qullik hurriyatning darajasiga chiqa olmaydi! Qullik hurriyatdan ustun bo‘la olmaydi!

Oyatdagi “BIZ O‘Z TARAFIMIZDAN” degan jumlaga e’tibor bering! Darhaqiqat, hurriyat, istiqlol va mustaqillik Alloh bergan ne’mat! Bu ulug‘ ne’matning qadriga yetish har bir hur bandaning muqaddas burchi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun Alloh taolo bizni mana shunday ulug‘ ne’mat bilan siylaganiga 31 yil bo‘ldi! “... Alhamdulillah! Lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar”.

E’tiqod, ibodat, fikr va so‘z mustaqilligimiz Qiyomatga qadar bardavom bo‘lsin! Qullik va qaramlik asoratiga tushib qolishdan bizni Alloh o‘z panohida asrasin!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram