Get Mystery Box with random crypto!

“Hofizul Qur’on xulqi” Ikkinchi bob. Ikkinchi fasl. Qur’on h | Шайх Алижон кори тартил

“Hofizul Qur’on xulqi”

Ikkinchi bob. Ikkinchi fasl.

Qur’on hofizining o’z ustozi bilan muomalasi.
Qur’on yo’lidagi ustoz-shogirdlik aloqasi juda ham buyuk bir rishta bo’lib, xuddi ota va farzand aloqasiga o’xshaydi. Dinimizda “nasab ota” va “dindagi ota” degan tushunchalar bor. “Nasab ota” larimiz bizning vujudimiz sababchilari bo’lsalar, “dindagi ota” larimiz – ustozlarimizdir.
Qur’on muallimi - yaxshilik muallimi demakdir. U insonlarga foyda va ta’lim berish uchun harakat qiladi. Bunday insonlarni ulug’lash, hurmatlarini joyiga qo’yish, ularga yaxshilik qilish lozim bo’ladi. Qur’on muallimlariga qilingan ehsondan ko’ra kattaroq ehson bo’lmaydi. Zero ular kalomlarning eng buyugi bo’lgan Qur’oni karimdan ta’lim berishadi.

Umuman olganda, qanday sohada bo’lishidan qat’iy nazar, ustozlarning hurmati insonlarga vojib bo’lib qoladi. Chunki, muallimlar, murshidlar bo’lmasa, insonlar jaholat zulmatida qolishadi. Ustozlar zulmatda ergashiladigan nurlardir!

Shayxni ixtiyor etish.
Tolibi ilm o’ziga ustoz tanlar ekan,avvalo izlanishi, so’rab-surishtirishi kerak. Mabodo topsa ham, avval Alloh taologa istixora qilishi, U zotdan ustoz tanlashda xayr va baraka so’rashi kerak bo’ladi.

BATAFSIL O'QISH

Tohirov Saydullo tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram