Get Mystery Box with random crypto!

ODOBNI ODOBSIZDАN OʼRGАNАMIZ “Аllohga ichgan qasamingizni yax | Шайх Алижон кори тартил

ODOBNI ODOBSIZDАN OʼRGАNАMIZ

“Аllohga ichgan qasamingizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga toʼsiq qilmang”
(“Baqara” surasi, 224-oyat).

Ezgu ishlarga toʼsqinlik qiluvchi qasam – odobsizlikdir!
Musulmon bunday odobsiz bo'lmaydi!

“Bu oyat “Ota-onam bilan gaplashmayman” yoki shu kabi taqvoga undaydigan amallarga toʼsqinlik qiladigan soʼzlar bilan qasam ichgan odamlarga xitobdir. Bunday odam mazkur qasamida bardavom boʼlishi mumkin emas. Darhol bu qasamni buzib, kafforotini oʼtashi lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim bir qasam ichsa, soʼng undan ham yaxshiroq boshqasini koʼrsa, yaxshi boʼlganini qilsin, soʼng qasamiga kafforot qilsin” (Imom Muslim rahimahulloh rivoyati).

Аbu Hafs Umar an-Nasafiy rahimahulloh

Manba: Аbu Hafs Umar an-Nasafiy. Аt-Taysir fi at-tafsir. J.3. – Istanbul: Dar al-lubob, 2019.– B. 223.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram