Get Mystery Box with random crypto!

Tasavvur qiling. Shunchaki tasavvur qiling. Qaysidir viloyatn | ТАИРИ Заковат канали

Tasavvur qiling.

Shunchaki tasavvur qiling. Qaysidir viloyatning chekka tumanlaridan biridagi maktabda o'qiysiz. Siz yashayotgan hudud Respublikadagi eng rivojlangan hudud emas. Internet ham haminqadar. Maktabga asfalt qilinmagan ko'chalardan yurib borasiz. Kelasiz. Mollarga qaraysiz. Yana ba'zi ishlar. Keyin dars qilishni boshlaysiz. Kitob o'qiysiz. Maktabga borasiz. Maktabingiz ham qandaydir IDUM yoki boshqa turdagi maxsus maktab emas. Oddiy maktab.

Maktabingizda "Zakovat" to'garagi tashkil qilinadi. Avvaliga sinfdoshlariz bilan shunchaki qiziqish uchun to'garakka qatnashasiz. Keyin esa bu kabi o'yinlarda yutish yoqib qoladi. Birdan maktablar o'rtasida "Zakovat" musobaqasi bo'lishi e'lon qilinadi. O'sha sinfdoshlariz bilan tayyorlana boshlaysiz.

Tuman bosqichida qiyinchilik bilan 3-o'rinnigina egallaysiz. Alam qiladi mag'lub bo'lganiz. Keyin "Hali hammangga ko'rsatib qo'yaman" deysizda, viloyat bosqichiga tayyorlana boshlaysiz. Viloyat bosqichida rostdan ham hammasiga ko'rsatib qo'yasiz.

Respublika bosqichi. Tasavvur qilishni boshlaganizda bu yerda bo'lishni o'ylab ham ko'rmagandiz. Bugun esa shu yerdasiz. Birinchi tur. Ajoyib savollar. 3-o'rin. Ikkinchi tur. 1-o'rindasiz. Uchinchi tur. Ehh, ikkita raqib yetib oldi. So'nggi tur... Apellatsiyalar... Uchinchi o'rin falonchi... Ikkinchi o'rin fistonchi... Birinchi o'rin... Siz o'qiyotgan maktab nomi aytildi.

Stop. Tasavvur qilishni to'xtating. Allaqachon buni uddalaganlar bor. Ular:
1. Davlatov Dilmurodjon Murodjon o'g'li (sardor)
2. O'roqboyev Mo'min O'rinboy o'g'li;
2. Fozilov Mirzobek Muhammadjon o'g'li;
4. Nomonjonov Farrux Zokirjon o'g'li;
5. Sirojiddinova Mubina Muhammadjon qizi;
6. Rahmatjonova Gulshoda Rahmatjon qizi
va murabbiy Najmiddinova Muattar Zayniddin qizi.

Nima deb o'ylaysiz, ular shunday bo'lishini tasavvur qilishganmikan :)

Zakovat +