Get Mystery Box with random crypto!

Hayotda turli xil vaziyatlar, turfa xil sinovlar umrimiz davom | La tahhzan🕊

Hayotda turli xil vaziyatlar, turfa xil sinovlar umrimiz davomida yo‘limizdan chiqadi. Ba’zan bularni yakuni bormikan devorasan kishi. Yo‘q! Yo‘q bularning yakuni bo‘lmaydi toki umr yo‘lingni bosib o‘tmaguningcha sinalaverasan... Hayot shunisi bilan xam qiziq aslida. To‘siqlarni yengib o‘tish va hayotda yashashda davom etish haqiqiy umr kechirshdir. Sinovlar ham asli yaxshilikka chunki uni bizga ravo ko‘rguvchi Zot hech ishni bejiz qilmaydi.Shunday ekan tabassum qiling. qanday qiyinchiliklar bo‘lmasin, dardlariz toqatizdan oshib ketgan bo‘lsada uni zalvori sizni yerga kirgizib yuboray degan bo'lsada tabassum qiling Alhamdulillah deng chunki siz xohlaysizmi yo‘qmi, siz yashaysizmi yo‘qmi, siz sabr qilasizmi yo‘qmi baribir bu kunlar o‘tadi va og‘ir kunlar ortidan albatta go‘zal tonglar otadi.