Get Mystery Box with random crypto!

Baxt oddiylikdadir. Oddiygina tabassum, issiqina choy va bir | Tahrirsiz fikrlar..

Baxt oddiylikdadir.
Oddiygina tabassum, issiqina choy va bir dildosh — suhbatdosh bo‘lsa, bas. Kishi bemalol baxtli yashay oladi.

Bundan baxt hissini tuyish uchun yashirin masala ham bor, lekin. Bu ilm masalasi. Ilmda, dinda haris bo‘lgan kishigina bunday oddiyliklardan baxtni topa oladi, yo‘qsa, aksincha bo‘ladi.

Imon halovati va shu oddiygina tabassum, yaxshi muomalalar kishilarni bir-biriga muhabbatli qilishga, baxtni tuyishlariga, hayotning o‘nqir-cho‘nqirlariga ko‘z yumishlariga yordam beroladi-ku nega odamlar baxt va xotirjamlik uchun jonni jabborga berib qiynashadi, hayronman. Islom dini naqadar go‘zalligiga bugun yanada kuchli ishonib ketdim..
Subhanalloh
Har bir masalada kishiga yo‘l ko‘rsatib qo‘yilgan-a)

Mendan "baxt nimada?" deb so‘rashsa, "oddiylikda, ilmda" deb, "baxt nima" deb so‘rashsa, "imon" deb javob bergan bo‘lardim, hech ikkilanishsiz.
Bunga bugun to‘lig‘icha amin bo‘ldim(O‘qiganlarim, va balki hayit arafasi ta'sirida)
Xullas, ayni damda taqdirim qo‘lida bo‘lgan Zotga chin qalbdan ishonganim holda, xotirjam, issiqina choydan ho‘plab, yaxshi bir kitob mutolaasi ustida, bu dunyoda mendan-da baxtliroq bo‘lgan kimsa borligiga ishonqiramayotgan bir holdaman. Inshaalloh, umrim shunday, Allohga ishonch va xotirjamlik-la, yana ilm ustida o‘tg‘usi.. )
Ajiyb)
Suhbatdosh degan birov hali veri yo‘qligi uchun bu so‘zlar yozilishga majbur va mahkum bo‘ldi.