Get Mystery Box with random crypto!

Hayot hikmatlari

Telegram kanalining logotibi tafakkurqil12 — Hayot hikmatlari H
Telegram kanalining logotibi tafakkurqil12 — Hayot hikmatlari
Kanal manzili: @tafakkurqil12
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 110
Kanalning ta’rifi

Shunchaki hayot yo'lingizni o'ziz talang.
Шунчаки кузатинг..!
Манфаат изламанг..!
Instagram ↔️↕️
https://www.instagram.com/invites/contact/?i=11y6erh4w034v&utm_content=kp84mkx

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-09 14:32:33
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam'ni yaxshi ko‘rasizmi?

"Qiyomatda kishi o‘z yaxshi ko‘rganlari bilan birga bo‘ladi" (Hadisdan)

@tafakkurqil12
21 views11:32
Ochish/sharhlash
2023-03-09 13:18:48 Ilm olishga hazrati Shofe'iyning mablag'lari bo'lmagan. Hattoki hadis yozish uchun qog'oz topilmagan. Onalari bilan o'zlari hukumat binosiga borib, keraksiz deb tashlangan qog'ozlarni olib, bo'sh joylariga hadislarni yozar edilar.
Qarang, ey muslimalar.. Farzandining ilm olishi uchun mablag'i yetarli emas, ammo taslim bo'lmayapti. Moddiy imkonsizligini bahona qilmayapti.
Bizchi, biz?...
Qog'ozimiz bor..
Hattoki eng so'nggi rusmdagi telefonlarimiz ham bor. Ammo dardimiz ilm emas, ummatga foydasi tegish emas, faqat va faqat "o'zim" bo'lish bo'lib qoldi... Modadan orqada qolib ketmay... Trenddan orqada qolib ketmay... Yangi 4-qamerali telefon chiqipti... Hammada bor... Ko'pchilikning "dardi" shu bo'lib qoldi...

Ilm olish uchun hamma sharoitlarimiz bor. Ammo, nafsimiz bunga to'siq qo'ygan. Aytingchi qachongacha nafsimizga qullikda davom etaveramiz?!
Ummatim degan Zotning ummati bo'lishga loyiq bo'lyabmizmi?...
@tafakkurqil12
21 views10:18
Ochish/sharhlash
2023-03-09 09:01:15
Istig’forlardan biri

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Biz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni bitta o’tirishda yuz marta “Robbig’firliy vatub ’alayya, innaka antat tavvabur rohiym”, deb aytganlarini sanadik”.
Ibn Moja rivoyati.
Ma’nosi: Ey Robbim! Meni gunohlarimni kechir, tavba-tazarrularimni qabul et! Shubhasiz, Sen tavbalarni Qabul qilguvchi, Rahmlisan!

@tafakkurqil12
21 views06:01
Ochish/sharhlash
2023-03-08 19:24:16
Hayotda shunday kunlar keladi. Alloh ba’zan boylik, ba’zida esa yo’qlik bilan sinaydi.

Atrofga qara, sendan zo’rlar, sendan og’irroq ahvolda bo’lganlar bor. Muhimi, seni cho’ntagingdagi puling uchun emas, qalbingdagi mehring uchun sen bilan bo’lishligi… Sinalayotgan vaqtingda atrofingda kimlar qolganiga qara. Ana o’sha insonlarni doim qadriga yet. Va doim hammasiga tayyor tur. Oddiy va samimiy bo’l doim, shu yetarli.

Robbing doim suyganlarini sinaydi. Shukrdan to’xtama.

@tafakkurqil12
21 views16:24
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:37:10
Imom Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar:

"Nabiy ﷺ ga salovot aytish duolar ijobat boʻlishi, gunohlar kechirilishi, Alloh Taolo bandaning gʻam-tashvishini aritishi hamda qiyomat kuni Rosululloh ﷺ ga yaqin boʻlishiga sabab boʻladi".

جلاء الافهام ٤٤٥

Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh dedilar:

«Alloh va Rasulini yaxshi koʻradigan kishi Nabiy sollalohu alayhi vasallamga salavot aytishni tashlab qoʻyadi deb hech oʻylamayman».

("Liqoul babil maftuh", 234)


@tafakkurqil12
23 views14:37
Ochish/sharhlash
2023-03-08 05:17:44
Odam yaxshi ko’rgan insonidan qo’rqar ekan.
Uni xafa qilishdan..
Uni ranjitishdan..
U bilan orasi ochilib qolishidan...

Alloh Taoloni ham sevamiz deymiz.
Sevgi faqat Allohga deymiz.
Lekin Allohdan, yaxshi ko’rgan insonimizni xafa qilib qo’yishdan qo’rqqanchalik qo’rqmaymiz(( ..

Juda ham achinarli holat.

@tafakkurqil12
27 views02:17
Ochish/sharhlash
2023-03-07 20:08:16


Hech bir narsa umid qilmasdan va hech qanday foyda kutmasdan beradigan faqatgina,
Allohdir,
Allohdir,
Allohdir...

- Mavlono Jaloliddin Rumiy


@tafakkurqil12
30 views17:08
Ochish/sharhlash
2023-03-07 18:43:37
Gaplarim kimnidir g’ashiga teksa yoki boshqa bir fitnaga sabab bo’lsa, meni kuzatish majburiy emas.
Yo’q, hafa qilmoqchi emasman. Rostdan, samimiy aytyapman. Menga farqi yo’q kim meni kuzatadi, yoki yo’q. Kanalda bitta o’zim qolsam ham, o’zim uchun yozib o’tiraveraman. Kanaldagi birinchi postda yozilgani kabi, bu mening shaxsiy fikrlarim bu sizga yoqmasa tanlov sizda.

@tafakkurqil12
28 views15:43
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:50:00
Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

"Qur'on o'qiydigan mo'min utrujjaga o'xshaydi. Uning hidi yoqimli, mazasi shirin.
Qur'on o'qimaydigan mo'min esa xurmo kabidir.
Xurmo mevasining hidi yo'q, ammo mazasi shirin.
Qur'on o'qiydigan munofiq rayhon kabi xushbo'y, biroq mazasi taxir.
Qur'on o'qimaydigan munofiq esa hanzala yanglig' hidsiz, ta'mi achchiqdir".

Buxoriy, Muslim, Dorimiy, Ahmad rivoyat qilgan.
Qur'on qalblar shifosi kitobidan.

@tafakkurqil12
32 views05:50
Ochish/sharhlash