Get Mystery Box with random crypto!

GO‘ZALLIKDAN LOL QOLGANLAR   Alloh taolo go‘zallikni yaratib | Hayot hikmatlari

GO‘ZALLIKDAN LOL QOLGANLAR

  Alloh taolo go‘zallikni yaratib ikkiga bo‘lgan  yarmini Yusuf alayhi salomga yarmini jamiyki mahluqotlarga bergan ekan.

• Yusuf alayhi salom qanday chiroylik edilar?
Subhanalloh! devorga yaqinlashsalar nuri tushib turgan.

Alloh taolo quroni karimda shunday marhamat qiladi.

(Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» —dedi.  Uni ko‘rgan chog‘larida lol qoldilar, qo‘llarini kesdilar.  Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o‘zi-ku!» — deyishdi.
[Yusuf surasi 31-oyat]

• Allohning qudratini qarangki odam go‘zallikdan lol qolganda, qo‘lini kesganiniham bilmaydikan!
   Bashariyat tarixida qancha-qancha odamlar o‘tdi qanaqa chiroyliklar qanaqa chiroylar o‘tdi. Yana bu jamiyki go‘zallikning yarmi butun mahluqotlarga chachib tashlangandagi chiroy edi holos.

• Endi bu go‘zallikni yaratgan Allohning o‘zi qanday go‘zal ekin?
Hammamizni Alloh o‘zining diydoriga, jamoliga qarab lazzatlanish baxtiga nasib qilsin. 

@tafakkurqil12