Get Mystery Box with random crypto!

Sizlarda ham shunaqami Necha oylab uyingga borishni kutasanda | 彡 Tafakkur kundaligi 彡

Sizlarda ham shunaqami

Necha oylab uyingga borishni kutasanda, uyga borgan payting ko'p o'tmay shaharni sog'inib qolasan. Juda qiziq holat, lekin bir narsani bildim shahardagi komfort sharoitli kvartirangni oldida, qishloqdagi baland bo'lmasa ham shinam, konditsioneri bo'lmasa ham, kichkina pechkasi bor, wifi bilan telefoningda bir o'zing istagan kinoyingni ko'rolmaysan ham, televizorda beriladigan dasturlarni oilang davrasida tomosha qilishing afzalroq. Eng asosiysi, uyda ota-onang bor. Men bu bilan ota-onasidan ayrilganlarni dilini og'ritmoqchi emasman, lekin eng muhimi ham shu...