Get Mystery Box with random crypto!

Yoshligimizda 'Akkalakam, dukkalakam...' deb boshlanuvchi o'yi | Tafakkur tomchilari

Yoshligimizda "Akkalakam, dukkalakam..." deb boshlanuvchi o'yin bo'lardi. Momolarimiz, buvilarimiz o'rgatgandi. U vaqtlarda sensorli telefon bo'lmasdi, televizorga ham qiziqmasdik, faqat yakshanba kunlari multfilm berardi xolos. "Oqshom ertaklari"ga yetar-yetmas uxlab qolardik. Yashinmachoq (berkinmachoq), quvlashmachoq o'ynardik, ariqlarda cho'milardik. Yoshligimiz shunaqa zavqli o'tgan. Kattalar ertak, matal aytib berishardi bizga.

Siz yoshligingizni qanday eslaysiz? Izohlarda yozib qoldiring, yoshlik davrlarini bir eslaylik!