Get Mystery Box with random crypto!

Qabristonda bir kishini koʻrib qoldim. Avvaliga u shunchaki t | Tafakkur

Qabristonda bir kishini koʻrib qoldim.
Avvaliga u shunchaki tilovat qilyapti deb oʻyladim, lekin yonidan oʻtib ketayotib, ushbu soʻzlari diqqatimni tortdi:

«Bir-birimizdan arazlasak, bu uch kundan oʻtmasdi. Chunki sen–uch kundan ortiq arazlashish, ayriliqqa olib keladi der eding. Bugun, toʻrtinchi kun, gulim..turaqol qani, qaysarlik qilma endi»
koʻzlaridan oqayotgan yoshlarini umid aralash tabassumi ortiga berkitishga urinardi.

Goʻyo, shuncha asar, ishqiy roman, she'rlar qolib, hayotni shu ikki ogʻiz iboralardan oʻqigandek his qildim oʻzimni.

@farohun