Get Mystery Box with random crypto!

#Zakovat Sirdaryoda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamd | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Zakovat

Sirdaryoda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan Sirdaryo tumanida joylashgan Toshkent harbiy okrugiga qarashli 525 SCHR binosida harbiy askarlar o‘rtasida Zakovat turniri o‘tkazildi.

Ushbu turnirda o‘zlarining bilim va faolliklari bilan ajralib turgan “Bunyodkor” jamoasi 1 o‘rinni, “Renessans” jamoasi 2 o‘rinni va “Yengilmas” jamoasi 3 o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR