Get Mystery Box with random crypto!

#Biznes_tur Namanganda Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan is | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Biznes_tur

Namanganda Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “1+1 loyihasi”ni tashkil etish tajribali tadbirkorlarga bittadan “Yoshlar daftari”da turgan hamda ishsiz yoshlar biriktirish orqali yoshlarni bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida Namangan tumani Katta Toshbuloq MFYda joylashgan kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlik sub’yektiga tashrif buyurishdi.

O‘z faoliyatini qolipli non ishlab chiqarish bilan boshlagan yosh tadbirkor B.Xusanov hozirda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirib, ishchi o‘rinlari yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

B.Xusanov tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish yoki ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga qolipli non ishlab chiqarishning barcha sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgan yosh tadbirkorlardan biri hisobolanadi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR