Get Mystery Box with random crypto!

#Mehrli_qo’llar Har yili yangi yil bayrami arafasida nogironl | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Mehrli_qo’llar

Har yili yangi yil bayrami arafasida nogironligi bo‘lgan, uyda ta’lim olayotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va oilalar xolidan xabar olinadi.

Undan asosiy maqsad – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning sha’ni hamda huquqlari qadrlanishi va ularning farovon hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlab berishdir.

Ushbu bayram munosabati bilan O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi boshchiligida “Yulduz” MFY Yoshlar yetakchisi, Yoshlar qanoti a’zolari va volontyorlari tomonidan yangi yil munosabati bilan Guliston tumani “Yulduz” MFYda istiqomat qilayotgan hasta va bemorlar, mehrga muhtoj hamda uy sharoitida ta’lim oluvchi 10 nafar oilalar xolidan xabar olindi.

Ularga yoshlarning o‘z qo‘l mexnatlari bilan yasalgan bayramona esdalik sovg‘alari va oziq ovqat mahsulotlari ulashildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR