Get Mystery Box with random crypto!

#Konstitusiyasining_30_yilligi Andijondagi «BAXRIDIL IMKON» M | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Konstitusiyasining_30_yilligi

Andijondagi «BAXRIDIL IMKON» MCHJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda partiya faollari, “Faxriylar kengashi” a’zolari, deputatlar, tadbirkorlapr va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda fuqarolarni erkin yashash, fikr bildirish va qonun doirasida istaklarini amalga oshirishda Konstitusiyamizda keng imkoniyatlar berilgani ta’kidlandi.

O‘zaro muloqot ruhida o‘tgan tadbirda partiyaning g‘oyaviy dasturlarini targ‘ib etishda faol ishtirok etib kelayotgan partiya faollariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR