Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Subsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hoki | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Bilasizmi

Subsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish bekor qilinadi

Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi.

Shuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR