Get Mystery Box with random crypto!

#Tilaklardan_namunalar Onajonimga maktub Assalomu aleykum o | 💐 ONAJONGINAM 🌺

#Tilaklardan_namunalar

Onajonimga maktub

Assalomu aleykum onajonim! Mening dunyodgi eng qimmatbaho hazinam, boyligim!!! Siz meni o’sha she’rlarda ta’riflagandek metin bardoshli onamsiz, yuzlariga ajin tushgan ammo dunyoda tengsiz chiroyligim onamsiz.
Onajon bugun men sizga barchasi uchun raxmat aytmoqchiman. Dunyoga keltirganingiz, yaxshi tarbiya berganingiz, o’qitganingiz, bilimli inson qilganingiz uchun. Raxmat aytaman desam sabablarim bisyor, lekin eng avvalo Allohimga rahmat aytamanki, sizning farzandingiz bo’lib dunyoga kelganim uchun.
Kasal bo’lsam kechalari mijja qoqmasdan menga qarab chiqgansiz, hamma injiqliklarimni ko’targansiz, nohaq bo’lsam ham meni tushunib, menga to’g’ri yo’lni ko’rsatgansiz onajon. Hech kimdan kam qilmasdan katta qildingiz.
Sizni hafa qilib, ranjitgan vaqtlarim bo’lgan. Meni kechiring onajon, dilingizni og’ritganlarim va nohaq bergan azoblarim uchun. Sizni juda juda yaxshi ko’raman.
Onajonim umringizga umr, ishlaringizga rivoj tilab, sizni yaxshi ko’ruvchi farzandingiz__

Mana shu so'zlarni sizni nomingizdan onangizga qo'ng'iroq qilib o'qib berilishimizni istaysizmi?

Nasib bo
'lsa 25-noyabr kuni boshlaymiz

Tabriklar va tilaklar kanali


https://t.me/+Ow5K3NSfr9plNWIy