Get Mystery Box with random crypto!

ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tabiiy_fanlar_adu — ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi tabiiy_fanlar_adu — ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tabiiy_fanlar_adu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.07K
Kanalning ta’rifi

✔️Fakultet haqida ma'lumot: https://adu.uz/menu?num=29
✔️Facebook: www.Facebook.com/groups/2614338685331108/
✔Iqtidorli talabalar: https://adu.uz/uz/menu/main/students
Murojaat uchun: @UzArMy32
©️Tabiiy fanlar fakulteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 12:00:01
#Muhim

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR TURAR JOYINING BIR YILLIK TO'LOV NARXI MA'LUM QILINDI

Bugun
Andijon davlat universitetida Kengashning yangi o'quv yiliga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda 2022/2023-o'quv yili uchun talabalar turar joyining 1 yillik to'lov summasi 1.200.000 so'm etib belgilandi. Bu

1 oy uchun 120 ming so'm;
1 kun uchun 4 ming so'mdan to'g'ri kelishini anglatadi.

Talabalar 31-dekabrga qadar belgilangan mablag'ning 50 foizini to'lashi kerak bo'ladi.

Andijon davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar turar joyidan joy olish hamda ijara uy topishda ko‘maklashish uchun yangi "Talaba-24" hamda @adu_ttj_ijarabot faoliyat olib bormoqda.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
346 views , 09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:58:31
#e_lon #vakansiya

Geografiya fanidan dars berish uchun 1 dona ish o’rni mavjud. (Rus sinflarga rus tilini bilishi kerak)

-Ish soati: 10 soat (0.5-stavka)
Manzil: Andijon tuman, 54-maktab
(Mo’ljal: Kamolat ko'chasi).

Murojaat uchun: +998911696909

Talabalar ham qabul qilinadi!

@tabiiy_fanlar_adu
464 views , 08:58
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:19:03
#Talabaga_yengillik
#Muhim

TALABALAR VA BITIRUVCHILAR DIQQATIGA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 4-mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida talabalarning ishlab, daromad topishi, Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sizlar uchun viloyatimizdagi barcha sohalarda mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlarini e’lon qilamiz.

Mavjud bo’sh ish o’rinlarini www.adukaryera.uz web sayti orqali yoki https://adumarketing.uz/vacancy/index havola orqali ko’rib olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, Andijon davlat universitetning karera markazi 120 xonaga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
299 views , 07:19
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:10:59Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
274 views , 03:10
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:07:42 ​​ Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?

ЖАВОБ: буни билиш учун эринмасдан ушбу постни охиригача ўқишингиз керак.

Жуда кўпчилик супер-контракт нархи қанча бўлиши ҳақида савол бермоқда.

Супер-контракт нархи қанча бўлишини исталган инсон ўзи мустақил ҳисоблаб олиши мумкин, бунинг учун етарли барча маълумотлар эълон қилинган. Фақат озгина ҳафсала керак холос.

Энг аввало бир нарсани ёдда тутинг, супер-контрактнинг энг аниқ миқдорини фақат ва фақат ўзингиз ҳужжат топширган олий таълим муассасаси орқали билишингиз мумкин.

Энди минимум миқдорлар ҳақида.

1-эслатма: супер-контракт деган тизим кундузги, сиртқи, кечки таълимда ҳам бор;

2-эслатма: имтиёз олган, лекин кира олмаган абитуриентлар учун умумий кириш балига қараб супер-контракт нархи белгиланади, имтиёзлиларнинг ўтиш балига қараб эмас.

Супер-контракт нархи кундузги таълим шаклида стипендиясиз тўлов-контракт миқдоридан ҳисобланади (сиртқи ва кечкида шундоқ ҳам стипендия йўқ). Демак, қуйида илова қилинган жадвалда кўрсатилган контракт суммасини супер-контракт баробарига кўпайтиришингиз керак.

Шунингдек, 3 та тоифадан қайси бирига тааллуқли эканлигингизни ҳам аниқлаб олишингиз керак.

1-тоифа: кириш чизиғига 4 баллгача етмай қолган абитуриентлар

Бунда қуйидаги шкала амал қилади:

1 баллгача етмаган абитуриентлар учун – базавий тўлов-контракт миқдорининг 1,5 баробари;

1,1 баллдан 2 баллгача2,0 баробари;

2,1 баллдан 3 баллгача 2,5 баробари;

3,1 баллдан 4 баллгача3,0 баробари.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Жадвалга қарасак, математика йўналишида контракт нархи 6.412.610 сўм. Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 12 млн 825 минг сўм супер-контракт тўлайди (2 x 6.412.610).

2-тоифа: кириш чизиғига 4 баллдан ортиқ етмай қолган ва ўзи 56,7 дан кўп балл тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-контракт учун йўналишига қараб пастдаги жадвалда кўрсатилган оддий контрактнинг минимум 8, 10, 12, 15, 17 ёки 25 баробарини тўлайди.

Қайси йўналишга неча баробар тўланиши мана бу файлда келтирилган:
https://t.me/xushnudbek/11522

Масалан, иқтисод йўналишига кириш бали 150 балл бўлди дейлик. Абитуриент 70 балл тўплади. Демак, унга 4 баллдан ортиқ етмай қолган, ўзи ҳам 56,7 баллдан кўпроқ тўплаган. Иқтисод йўналишига минимум супер-контракт 10 баробар этиб белгиланган. Стипендиясиз оддий контракт нархи эса 9.129.930 сўм.

Хулоса: иқтисод йўналиши учун супер-контракт миқдори минимум 91 млн 299 минг сўм (10 х 9.129.930).

БУ МУҲИМ: ўтиш балига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган ва 56,7 баллдан кўп тўплаганларнинг ҳаммасига бир хил нарх бўлади. Яъни 5 балл етмаган ҳам, 50 балл етмаган ҳам бир хил тўлайди. Ўшанчун менга 10 балл етмади, менга 30 балл етмади, қанча бўлади, деб сўрашдан фойда йўқ.

3-тоифа: 56,7 баллдан кам тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-мупер контрактда ўқиши мумкин, фақат камида 2-тоифадагилар тўлайдиган сумманинг 2 баробарини тўлашади. Масалан, абитуриент иқтисод йўналишига топшириб, 40 балл тўплаган, яъни 56,7 баллдан кам. Демак, у камида 182 млн 598 минг сўм тўлаши керак (2 х 91.299.300).

Айримлар сўрамоқда. Масалан, абитуриент 54 балл олди. Кириш бали эса 57 балл бўлди. Шунда 3 балл етмаган бўлса, супер контракни камроқ тўлайдими? Йўқ ва асло йўқ! 56,7 баллдан кам тўпландими, тамом, бунақада икки карра кўпроқ супер-контракт тўланади. Кириш балига қанча етмагани аҳамиятсиз.

Хуллас, Сиз тўплаган балингиз асосида камида тахминан қанча супер-контракт тўлашингизни бемалол ўзингиз ҳисоблаб кўришингиз мумкин.

Сўзим сўнггида яна қайтараман, аниқ суммани фақат ОТМ орқали била оласиз.


@xushnudbek
266 views , 17:07
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:18:18
#Yangi_bot
#Universitet_talabalari
#uchun_qulaylik

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALARIGA IJARA UY TOPISHDA HAMDA TTJDAN JOY OLISHGA YORDAM BERADIGAN BOT ISHGA TUSHDI


Endilikda Andijon davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar turar joyidan joy olish hamda ijara uy topishda ko‘maklashish uchun yangi bot ishga tushganini ma'lum qilamiz.

Mazkur videoda botdan qanday foydalanish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ko'rsatib o'tilgan. Batafsil ma'lumotni video orqali bilib olishingiz mumkin.

Botdan foydalanishda ushbu havola orqali bog'lanasiz: @adu_ttj_ijarabot

Botdan faqat universitet talabalari foydalanishi mumkin.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
314 views , 13:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:36:31
#Dayjest
#22—27.08.2022

O‘tgan hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
306 views , 09:36
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:31:30
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

ПДФ шаклида юклаш

@eduuz
355 views , 18:31
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:23:03 ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal pinned « Mandat e’lon qilindi 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin. my.dtm.uz sayti orqali:…»
18:23
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:22:52 Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@alisher_sadullaev
442 views , 18:22
Ochish/sharhlash