Get Mystery Box with random crypto!

It (lotincha: Canis familiaris) — boʻrisimonlar oilasiga mansu | Hayvonot olami

It (lotincha: Canis familiaris) — boʻrisimonlar oilasiga mansub uy hayvoni. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi boʻri. Mezolit davrida (miloddan avvalgi 15— 10 ming yil) xonakilashtirilgan. Itlarda 42 tish boʻlib, qoziq tishi nihoyatda mustahkam. Urgʻochisi 7—8 oyda, erkagi 10— 12 oyda jinsiy voyaga yetadi, erkak I. arlon deb ataladi, qanjiklari (urgʻochilari) yiliga ikki marta kukjadi. Kuchuk bolalar koʻr, kar, tishsiz tugʻiladi. Koʻzi 10—14 kundan keyin ochiladi, 5— 8 kundan keyin kuloklari eshita boshlaydi, sut tishlari 20—30 kunda chikali. Itlar 12—15 yil, baʼzi zotlari 17 yilgacha yashaydi. Itlarning boʻyi 16—18 sm dan 100 sm gacha, vazni 600 g dan 90 kg gacha boradi. Uy Itlari yovvoyilashishi ham mumkin. Jahonda Itning 400 dan ortiq zoti maʼlum.Itlar 3 ta asosiy guruhga bo'linadi: xizmat Itlari, ovchi Itlar, dekorativ Itlarga boʻlinadi. https://t.me/Tabiat_jonzotlari